Seminar

Surxondaryoda g‘o‘za aprobatsiyasini sifatli o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida urug‘lik g‘o‘zani aprobatsiyadan sifatli va belgilangan tartibda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga mas’ul mutaxassislar, urug‘chilik tizimi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirok etib, aprobatsiya jarayonining asosiy talablari, dala nazoratini to‘g‘ri tashkil etish va urug‘lik maydonlarining nav sofligini aniqlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga g‘o‘za aprobatsiyasini o‘tkazishning amaliy jihatlari, dala ko‘riklarini belgilangan muddatlarda tashkil etish, navga xos belgilarni aniqlash hamda olingan natijalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida mutaxassislar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar muhokama qilinib, urug‘lik g‘o‘za yetishtirishda sifat va nav sofligini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Прокрутить вверх