Seminar

Oltinko'lda g‘o‘za aprobatsiyasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Andijon viloyati Oltinko’l tumanida urug‘lik g‘o‘zani aprobatsiyadan sifatli va belgilangan tartibda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga mas’ul mutaxassislar, urug‘chilik tizimi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirok etib, aprobatsiya jarayonining asosiy talablari, dala nazoratini to‘g‘ri tashkil etish va urug‘lik maydonlarining nav sofligini aniqlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Прокрутить вверх