Yangiliklar

Kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik – agrar tarmoq oldidagi ustuvor vazifa

Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov işçi taşrif bilan Sirdaryo viloyatida böldi.
Vazir taşrifini Boyovut tumanidagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) binosidan boşladi. Bu yerda viloyat tumanlari hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari, tuman qişloq xöjaligi bölimlari birinçi örinbosarlari hamda agrar tarmoq mas’ullari iştirokida video-konferens-aloqa şaklida amaliy muloqot ötkazildi.

Muloqotda kun tartibidagi asosiy masala – qişloq xöjaligi tarmoğida kuz-qiş mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va kelgusi yil hosiliga bugundan mustahkam zamin yaratiş masalalari böldi.

Xususan, mavsum yakunlangan dalalarni tartibga keltiriş, ekin maydonlarini polietilen plyonkalar va tomçilatib suğoriş şlanglari qoldiqlaridan tozalaş, dala çetlarini obodonlaştiriş, ariqlar hamda dalalarni ajratib turuvçi devor va çegaralarni belgilangan tartibga keltiriş zarurligi ta’kidlandi. Şuningdek, boğ-roğlarga qişki mavsum oldidan zarur agrotexnik işlov beriş, ularni sovuq kunlarga tayyorlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kelgusi yil ğalla hosildorligini oşiriş maqsadida ğalla maydonlariga kremniy, aspirin va bor tarkibli preparatlar bilan işlov beriş masalasi ham muhokama qilindi. Bunda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va ilmiy tavsiyalar asosida amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, töqsonbosti ekinlarini ekiş işlarini tizimli taşkil etiş, fermer xöjaliklari kesimida ekinlar joylaşuvini aniq belgilab beriş hamda bu boradagi keçiktirib bölmaydigan agrotexnik tadbirlarni jadallaştiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab berildi.

🛰 Muloqotda Sirdaryo viloyatida yer resurslaridan oqilona va unumli foydalaniş masalasi ham alohida körib çiqildi. Vazir «Özdaverloyiha» davlat ilmiy loyihalaş instituti mutasaddilari bilan hamkorlikda dron texnologiyalaridan foydalangan holda yer maydonlarini xatlovdan ötkaziş, konturlar va yer uçastkalarining aniq kartografiyasini işlab çiqiş işlarini jadallaştiriş böyiça tegişli vazifalarni belgilab berdi.

Muloqot yakunida kuz-qiş mavsumida amalga oşirilişi lozim bölgan barça agrotexnik, taşkiliy va obodonlaştiriş işlarini tizimli ravişda taşkil etiş, har bir hudud va fermer xöjaligida tayyorgarlik jarayonlarini nazoratga oliş zarurligi ta’kidlandi.
Прокрутить вверх