Yangiliklar

"Termiz-Do‘stlik” EUXda rayhon va sabzi urug‘lari ko‘paytirilmoqda

Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Surxondaryo viloyatida joylashgan “Termiz-Do‘stlik” elita urug‘chilik xo‘jaligida joriy yilda asosiy ekin sifatida rayhon yetishtirilib, kelgusi yil uchun uning urug‘liklari ko‘paytirildi. Bu orqali xo‘jalikda rayhon urug‘chiligi yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, rayhon hosili yig‘ib olingach, undan bo‘shagan maydonlardan unumli foydalanish maqsadida ikkinchi ekin sifatida sabzi ekildi. Mazkur tajriba yer resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlaridan yil davomida unumli foydalanish hamda qo‘shimcha hosil olish imkonini bermoqda.

Прокрутить вверх