Seminar

Paxtachilik va urugʻchilikda innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida “Paxtachilikda innovatsion yondashuvlar va intensiv agrotexnologiyalar, urugʻchilik tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda paxtachilik sohasida zamonaviy yondashuvlar, resurs tejovchi texnologiyalar va yuqori hosildor navlar yetishtirish borasidagi tajribalar almashildi. Shuningdek, urugʻchilik tizimini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Seminar-trening doirasida soha olimlari va tajribali mutaxassislar tomonidan agrotexnologik yangiliklar, raqamli kuzatuv tizimlari va urugʻlik mahsulotlari sifatini oshirish borasidagi ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar agrotexnika jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, urug‘likni saqlash va sertifikatlash masalalari bo‘yicha malaka oshirishdi.
Tadbir yakunida innovatsion tajribalarni joylarda tatbiq etish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, paxtachilikda barqaror hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Прокрутить вверх