G‘o‘za–zira interkropping tizimi: Xitoy tajribasi asosida yangi imkoniyatlar o‘rganilmoqda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida g‘o‘za qator oralig‘ida zira yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi hamda soha mutaxassislari bilan amaliy tajriba almashildi. Xizmat safari davomida Markaz bo‘lim boshlig‘i Sherali Mansurov Shinjon–Uyg‘ur avtonom rayonida amalda qo‘llanilayotgan g‘o‘za–zira interkropping tizimi bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, bir maydonda ikki turdagi ekinni samarali yetishtirish texnologiyasi, zira va g‘o‘zani ekish muddatlari, qator oralig‘ida joylashtirish sxemalari, sug‘orish va oziqlantirish tartibi, mexanizatsiyalashtirilgan parvarish hamda hosil yig‘ish jarayonlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar olindi.
