Seminar

Qashqadaryoda 2027-yilgi g‘alla hosili va to‘qsonbosti ekinlar ekilishiga bag‘ishlangan keng qamrovli dala seminarlari davom etmoqda

Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va hududlarida 2027-yilgi hosil uchun g‘alla ekish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, to‘qsonbosti ekinlarni joylashtirishga bag‘ishlangan dala seminarlari qizg‘in davom etmoqda.

Seminarlar davomida g‘alla yetishtirish va tuqsonbosti ekinlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda tajribali fermerlar va agroklaster rahbarlari qatnashdilar.

Seminarda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va olimlar tomonidan quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

«G‘allachilikda 8 qonuniyat»: Qishloq xo‘jaligi vazirligi va soha olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu zamonaviy qoidalar mazmun-mohiyati tushuntirildi;                          
Suv tejamkor texnologiyalar: Suv tanqisligi sharoitida resurs tejovchi sug‘orish usullaridan unumli foydalanish;

 

To‘qsonbosti ekinlar bo‘yicha tavsiyalar: G‘alladan bo‘shaydigan maydonlardan va sabzavot ekish yerlaridan samarali foydalanish, shuningdek, to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli ekish bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbarlariga amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir qizg‘in muloqot va savol-javob tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga olimlar va mutasaddilardan batafsil javoblar olishdi.

Прокрутить вверх