7-oktabr — Xalqaro paxta kuni!
Bugun biz “oq oltin” — paxtaning jahon miqyosidagi ahamiyatini, insoniyat farovonligidagi o‘rnini va ekologik barqarorlikdagi hissasini e’tirof etamiz.
O‘zbekiston paxtachiligi bugun yangi bosqichda:
— innovatsion texnologiyalar,
— resurs tejamkor usullar,
— yuqori sifatli urug‘lik tizimi,
— mexanizatsiyalashgan hosil terimi bilan rivojlanmoqda.
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi esa bu jarayonning markazida turib, zamonaviy paxta navlarini yaratish va urug‘chilik tizimini takomillashtirishda fidokorona mehnat qilmoqda.
Oq oltin — xalqimiz mehnati, zaminimiz barakasi, iqtisodiyotimiz faxri!
