Jizzaxda paxtani qabul qilish va urug‘chilik jarayonlari muhokama qilindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Dafna ifori” MCHJ paxta qabul qilish punktida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida paxtani qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Vazir paxtani Agrotarozi orqali tortish, qabul qilish, buntlash hamda laboratoriyada uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash tartiblari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, paxta qabul qilish jarayonida tortishning aniqligi, mahsulot sifatini laboratoriya tahlillari asosida baholash va saqlash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov paxta dalalarida aprobatsiya o‘tkazish tartibi, urug‘lik paxtaning nav tozaligi va sifatini aniqlashda mazkur jarayonning ahamiyati haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.