Paxta ekilgan maydonlarni plyonkadan tozalovchi va urug’lik jamg’aruvchi innovatsion texnikalarni ishlab chiqarish zavodlariga tashrif
Xitoy Xalq Respublikasida oʻtkazilayotgan xalqaro urugʻchilik koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyning Xingfeng qishloq xoʻjaligi texnikalari savdosi kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida qishloq xoʻjaligida ekologik barqarorlikni taʼminlash, dala maydonlarini o‘simlik va plastik chiqindilardan samarali tozalash hamda resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnikalar namoyish etildi.
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida resurslarni tejovchi texnologiyalar, jumladan, ekinlarni polietilen plonka ostida yetishtirish va tomchilatib
Shu nuqtai nazardan, Xingfeng kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik qoldiqlari, foydalanilgan polietilen plonkalar va tomchilatib sugʻorish lentalarini yigʻish, presslash, oʻrash hamda tashishga moʻljallangan yuqori unumdor texnikalar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi. Mazkur uskunalar dala maydonlarini qisqa muddatda tozalash, chiqindilarni qayta ishlashga yoʻnaltirish va keyingi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.
