Jamoa

Ma’naviyat va tarix sari unutilmas sayohat

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga jamoaviy sayohat tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida xodimlar markaz faoliyati, unda jamlangan noyob tarixiy manbalar, qadimiy qo‘lyozmalar hamda xalqimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat ishtirokchilarida ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida markaz mutaxassislari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilish maqsadi, amalga oshirilayotgan ilmiy va ma’naviy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xodimlar bunday ma’rifiy tadbirlar jamoada tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy birlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Mazkur sayohat ishtirokchilarga nafaqat bilim, balki yuqori ruhiy ko‘tarinkilik ham ulashdi.

Прокрутить вверх