Hududlar

Sirdaryo tumanida seminar: sifatli urug‘ va mo‘l hosil sari muhim qadam

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan “Arislon Ibn Rahmon” fermer xo‘jaligining urug‘lik g‘alla maydonlarida 2026-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarida dala aprobatsiya ko‘rigi bo‘yicha viloyat o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida bug‘doyning unuv davri, ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyasi, hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zang kasalligi hamda shira kabi zararkunandalarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda agrar sohani rivojlantirish, g‘allachilikda hosildorlikni oshirish, urug‘chilik tizimini samarali tashkil etish, dala aprobatsiyasi nazoratini kuchaytirish, shuningdek, urug‘lik donni saralash va dorilash jarayonlarida ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, seminar davomida mutaxassislar tomonidan urug‘lik ekinlarning nav tozaligi, agrotexnik holati hamda sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх