Turkiyaning “Armada Brand Seeds” xususiy urug‘chilik kompaniyasi bilan hamkorlikda makkajo‘xori duragay urug‘larini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov Turkiyaning “Armada Brand Seeds” xususiy urug‘chilik kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida kompaniya ijrochi direktori O‘zgur Altas O‘zbekistondagi urug‘chilik tizimi bilan yaqindan tanishish hamda makkajo‘xori va g‘o‘za urug‘chiligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Muloqot chog‘ida mehmonlarga mamlakatimizda urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuhrat Otajonov O‘zbekistonda urug‘chilik tizimini yanada rivojlantirishda xalqaro hamkorlik muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doim tayyor ekanini ma’lum qildi.
