Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Mirzo yangi nihollari” fermer xo‘jaligining 10 gektar maydonida g‘o‘za “Shinjon” usulida parvarishlanmoqda. Mazkur maydonning 2 gektar qismiga interkrop usulida Hindistondan keltirilgan zira urug‘i ekildi. Tajriba asosida amalga oshirilayotgan ushbu agrotexnik yondashuv ekinlar rivojida ijobiy natija bermoqda. Ayni paytda rangli plyonka ostida ekilgan g‘o‘zalar yaxshi rivojlanish fazasiga kirib, 3–4 ta chinbarg chiqargan. 15-aprel kuni ekilgan zira nihollari ham bir tekis unib chiqib, maydonda sog‘lom rivojlanayotgani kuzatilmoqda.