IX xalqaro urug‘chilik kongressi doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan IX xalqaro urug‘chilik kongressi doirasida O‘zbekiston tomoni va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘chilik assotsiatsiyasi (ECOSA) o‘rtasida urug‘chilik sohasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ikki memorandum imzolandi.
Jumladan, «O‘ZAGROINSPEKSIYA» qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi va ECOSA o‘rtasida tashkilotga a’zo davlatlarda QR-kodli yorliqlash tizimini joriy etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va ECOSA o‘rtasida gibrid urug‘chilikni rivojlantirish hamda seleksiya yutuqlaridan hamkorlikda foydalanish yuzasidan memorandum imzolandi.
Mazkur kelishuvlar urug‘lik mahsulotlarini yorliqlash tizimini takomillashtirish, gibrid urug‘chilik yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda seleksiya sohasidagi ilg‘or yutuqlarni o‘zaro almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
