IX xalqaro urug‘chilik kongressi bo'lib o'tdi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘chilik assotsiatsiyasining (ECOSA) IX xalqaro urug‘chilik kongressini O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida “Urug‘ dastursiz ishlamaydi…” deya urug‘chilik tizimining qishloq xo‘jaligidagi strategik ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, zamonaviy urug‘chilik tizimini rivojlantirish, yuqori hosildor va sifatli urug‘lik navlarini yaratish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.
Kongress doirasida urug‘chilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, urug‘lik mahsulotlari sifatini oshirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Mazkur xalqaro anjuman mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda qishloq xo‘jaligida barqaror hosildorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
