Yangiliklar

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator usulida 76×10 sxemada ekilgan.

Fermer G‘ulomjon Musayevning ta’kidlashicha, joriy mavsumda har gektardan 60 sentnergacha paxta hosili olish rejalashtirilgan.

Ayni paytda dalada hosilni yig‘ib-terib olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

Прокрутить вверх