Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida piyoz, sarimsoq, sabzi, makkajo‘xori hamda bedaning yuqori avlodli urug‘lari yetishtirilmoqda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Navoiy viloyatida joylashgan Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida piyoz, sarimsoq, sabzi, makkajo‘xori hamda bedaning yuqori avlodli urug‘larini yetishtirish jarayonlaridan foto lavhalar. Yetishtirish jarayonlarida ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash, nav tozaligini saqlash va sifatli urug‘lik materialini tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonlar kelgusida hududlarda yuqori hosildor va sifatli urug‘lik bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.