Xalqaro hamkorlik

IX XALQARO ECOSA URUG‘CHILIK KONGRESSINING IKKINCHI KUNI

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan IX Xalqaro ECOSA urug‘chilik kongressining ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirmoqda. Kongress doirasida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘chilik assotsiatsiyasi (ECOSA) tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, ustuvor vazifalar hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan taqdimot va muhokamalar tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida urug‘chilik sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, a’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur muloqotlar ishtirokchilar uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, yangi tashabbuslarni ilgari surish va mintaqada urug‘chilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх