Yangiliklar

Namanganda g‘alla ekish ishlari jadal davom etmoqda

Namangan viloyatida 2027-yil hosili uchun kuzgi g‘alla ekish ishlari belgilangan agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda. Jumladan, «Mashad sohibkori» fermer xo‘jaligining 38 gektar maydonida superelita toifasidagi «Alekseyevich» navli bug‘doy urug‘lari ekilmoqda.

Ekish ishlari oldidan yer maydonlari ikki marta boronalanib, urug‘ ekishga tayyorlandi. Shuningdek, har gektar maydonga 400 kilogramm ammofos va 200 kilogramm kaliyli o‘g‘it, jami 600 kilogramm mineral o‘g‘it solindi. Bu esa ekinning dastlabki rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Belgilangan me’yorlarga muvofiq, har gektar maydonga 400 kilogrammdan bug‘doy urug‘i sepilmoqda. Yuqori reproduksiyali urug‘likdan foydalanish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish kelgusi yil hosilining mo‘l va sifatli bo‘lishida muhim omil hisoblanadi.

Прокрутить вверх