Yangiliklar

15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

Har yili keng nishonlanuvchi «15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni» jamiyatda qishloq ayollarining mehnati nechogʻlik qadrli va alohida ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.

✍️Bugun xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotir.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Qishloq xo’jaligi vazirligi jamoasi «15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni» munosabati bilan siz ayollarni chin yurakdan muborakbod etadi.

Прокрутить вверх