Yangiliklar

Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya

Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

 Unda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, paxta yetishtiruvchi mamlakatlar vakillari, soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.


Konferensiyada jahon paxtachiligining bugungi holati va istiqbollari, paxta yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Tadbir paxtachilik sohasida ilg‘or tajribalarni almashish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Прокрутить вверх