Yangiliklar

Paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarga rioya qilinmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Xonchorvoq hududidagi paxta dalalarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.Qator dalalarda Etefon preparati bilan sifatli ishlov berilgani, g‘o‘zaning holati va pishish darajasiga qarab keyingi bosqichdagi tadbirlar ham amalga oshirilayotgani kuzatildi. Jumladan, ayrim maydonlarda Avguron bilan ishlov berish ishlari olib borilmoqda. Umuman, hududdagi fermerlar tomonidan paxta parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarga rioya qilinayotgani, ishlov berish muddatlari va qo‘llanilayotgan preparatlar dala holatidan kelib chiqib tanlanayotgani qayd etildi.

Vazir fermerlar bilan muloqotda paxtachilikda yuqori natijaga erishish uchun har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida, sifatli va ilmiy asosda amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, qolgan maydonlarda ham mavjud holatdan kelib chiqib zarur ishlovlarni o‘z vaqtida yakunlash, hosilni sifatli va kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib-terib olishga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fermer xo‘jaliklari va paxtachilik kengashi tomonidan ushbu jarayonni izchil tashkil etish hamda agrotexnik tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish vazifalari belgilandi.

Прокрутить вверх