Yangiliklar

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 2-yil ko‘chatzorida yakka tanlov namunalarini tanlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar yuqori sifatli, hosildor va istiqbolli navlarni saralab olishda muhim ahamiyatga ega.

Прокрутить вверх