Urug‘chilikni rivojlantirish markazida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i Abdumuxtor Ergashev Markaz direktori Shuhrat Otajonov, direktor o‘rinbosarlari Bahodir Muydinov va Shermuhammad Aminov, shuningdek, bosh mutaxassis Abduhalim Xolboyevga “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishonini tantanali ravishda topshirdi. Mazkur yuksak e’tirof Markaz xodimlarining mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, xususan, urug‘chilik sohasini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib baho bo‘ldi.