Yangiliklar


Andijonda mahalliy sharoitda tayyorlangan “Xinluzhong-52” navining dala holati

Andijon viloyatidagi «Longping seeds» MCHJ klasteri tomonidan Xitoy seleksiyasiga mansub “Xinluzhong-52” g‘o‘za navining urug‘lari 2025-yilda yetishtirilib va mahalliy sharoitda tayyorlanib, joriy yilda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi. Bugungi kunda mazkur urug‘liklardan yetishtirilayotgan g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. E’tiboringizga havola etilayotgan videolavhada «Omad-97», «Avliyoxon Dilmurod» hamda «Ulug‘bek Ilg‘or dalasi» fermer xo‘jaliklarida mahalliy sharoitda tayyorlangan “Xinluzhong-52” navidan yetishtirilayotgan g‘o‘za dalalarining bugungi holati bilan tanishishingiz mumkin.

Прокрутить вверх