URUG'LIK DONNI SOVUTKICHLI OMBORGA QO'YISH JARAYONLARI
Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli “Uchqo‘rg‘on Best Seeds” MChJ tomonidan 2027-yil hosili uchun mo‘ljallangan urug‘lik g‘alla vernalizatsiya jarayonini o‘tkazish maqsadida sovutkichli omborlarga joylashtirilmoqda. Mazkur jarayon urug‘lik g‘allani belgilangan harorat sharoitida saqlash orqali ekishga tayyorlash va kelgusi hosildorlik uchun zarur agrobiologik jarayonlarni ta’minlashga xizmat qiladi.