Hududlarda

Uchqo‘rg‘on elita urug'chilik xo‘jaligida ikkinchi dala ko‘rigi va hosil chamalash ishlari davom etmoqda

Urug’chilikni rivojlantirish markazining Namangan viloyatida joylashgan Uchqo‘rg‘on elita urug’chilik xo‘jaligidagi g‘o‘za maydonlarida ikkinchi dala ko‘rigi hamda hosil chamalash ishlari olib borilmoqda.

Jarayon davomida ekinlarning nav tozaligi, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, o‘simliklarning rivojlanish holati va kutilayotgan hosildorlik ko‘rsatkichlari mutaxassislar tomonidan baholanmoqda. Ushbu tadbirlar yuqori reproduksiyali sifatli urug‘lik yetishtirish, urug‘chilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda kelgusi mavsum uchun urug‘lik zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Прокрутить вверх