"NAVOIY BEST SEEDS" MCHJda 4 572 tonna yuqori avlodli urug‘lik g‘alla jamg‘arildi
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi «NAVOIY BEST SEEDS» MCHJ tomonidan 2026-yil hosilidan yuqori avlodli urug‘lik g‘allani jamg‘arish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Korxonada jami 4 572 tonna yuqori avlodli urug‘lik g‘alla jamg‘arilib, belgilangan tartibda saqlash omborlariga joylashtirildi. Jamg‘arilgan urug‘liklar ayni vaqtda saralanib, dorilash va qadoqlash jarayonlaridan o‘tmoqda. Mazkur urug‘lik fondi viloyatda 2026-yil kuzgi g‘alla ekinlarini sifatli urug‘ bilan ta’minlash, yuqori hosildorlikka erishish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.