MG navlarida ikkinchi dala ko‘riklari davom etmoqda
Respublika bo‘yicha joriy yilda urug‘lik olish maqsadida 113 ta subyekt tomonidan 3 630 gektar maydonda MG navlari parvarish qilinmoqda. Shundan MG-02 navi 1 130 gektar, MG-26 navi esa 2 500 gektar maydonni egallagan. Ayni paytda barcha hududlarda urug‘lik maydonlarida ikkinchi dala ko‘riklari olib borilib, nav tozaligi, o‘simliklarning rivojlanish holati hamda agrotexnik tadbirlarning belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi nazorat qilinmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatida 6 ta subyekt tomonidan 209 gektar maydonda ekilgan MG navlarida belgilangan agrotexnik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Namangan viloyatida ham 8 ta subyekt tomonidan 251 gektar maydonda MG navlari parvarishlanmoqda, jumladan, Namangan elita urug‘chilik xo‘jaligida 43 gektar maydonda ham MG-26 navi yetishtirilmoqda. Maydonda agrotexnik tadbirlar belgilangan reja asosida olib borilib, kelgusida yuqori sifatli urug‘lik yetishtirish uchun zarur parvarish ishlari davom ettirilmoqda.
