Seminar

Sirdaryoda g‘o‘za va jut maydonlarida agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi

Avval xabar berilganidek, men ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif doirasida Sayxunobod tumanidagi “Daxpolitex” MChJning paxta maydonida bo‘lib, g‘o‘zalarning vegetativ holati bilan tanishdim.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Sayxunobod tumanida jami 8 ming gektar maydonga g‘o‘za ekilgan bo‘lib, shundan 6 ming gektariga Shinjon agrotexnologiyasi asosida urug‘ ekilgan. “Daxpolitex” MChJ ga qarashli 4 ming gektar maydondagi g‘o‘za ham to‘liq mazkur texnologiya asosida, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan holda parvarish qilinmoqda.
G‘o‘zalarni ko‘zdan kechirib, hozirgi rivojlanish bosqichida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidladim. Xususan, o‘simlikning vegetativ o‘sishini me’yorlash, parvarish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh bilan yondosh hududda joylashgan jut ekilgan dalani ham ko‘zdan kechirdik. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 200 gektar maydonda jut yetishtirilmoqda. Shundan 50 gektari “Daxpolitex” MChJ hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur xo‘jalikdagi 14 gektarlik konturda jut ekinining holatini ham o‘rgandim.
Ta’kidlanganidek, jut sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Shu bois ushbu ekinni yetishtirishda agrotexnik talablarga qat’iy rioya qilish, parvarish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda amaliy tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх