Yangiliklar

Urug‘chilikni rivojlantirish markazida mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari B. Mo‘ydinov boshchiligida mehnat muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish har bir ish beruvchining ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. 

Shuningdek, xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo‘yicha muntazam yo‘l-yo‘riqlar berish, ularning belgilangan talablarga rioya etishini doimiy nazorat qilish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilishda mehnatni muhofaza qilish tizimi inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash, ish qobiliyatini saqlash hamda xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy, tashkiliy, texnikaviy va profilaktik chora-tadbirlar majmui ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq, xodimlar mehnat sharoitlari, kasb kasalliklari xavfi, mavjud imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish tartibi haqida oldindan xabardor qilinishi lozimligi eslatib o‘tildi. Yig‘ilishda xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid tug‘diruvchi holatlar yuzaga kelganda, bunday xavf bartaraf etilgunga qadar ishni bajarishni rad etish huquqi mavjudligi, sog‘lig‘i bo‘yicha yengilroq mehnat sharoitiga ehtiyoj sezilgan hollarda esa tibbiy xulosa asosida boshqa ishga o‘tkazish choralari ko‘rilishi belgilab o‘tildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan holatlarda jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va uni davolash muassasasiga yetkazish tartiblari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Прокрутить вверх