Tavsiyalar

2026-yilgi agroiqlim sharoitida g‘o‘za parvarishi: urug'lik paxta yetishtirishda ilmiy asoslangan tavsiyalar

Iqlim sharoiti hosilga qanday ta’sir qilmoqda?


2026-yil bahor mavsumida kuzatilgan seryog‘in ob-havo hamda havo haroratining me’yordan past bo‘lishi g‘o‘za rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, samarali haroratlar yig‘indisi o‘tgan yil va ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga nisbatan 100–120°C ga kam shakllangan. Natijada g‘o‘za rivojlanishi odatiy davrga nisbatan 5–7 kun ortda qolgan. Urug’chilikni rivojlantirish markazi urug’lik g’o’za yetishtiruvchi fermerlarga hamda elita urug’chilik xo’jaliklari mutaxassislarga quyidagilarni tavsiya etadi.
Namlikning ortishi tufayli o‘simlik vegetativ massani ko‘proq to‘plamoqda, bu esa hosil shakllanish jarayonining kechikishi va g‘ovlab ketish xavfini oshirmoqda. Shu bilan birga, shira va trips kabi zararkunandalar sonining ortishi kuzatilmoqda.

Muammo yechimi — agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish



Olimlar tomonidan tavsiya etilgan choralar orasida ortiqcha namlikni kamaytirish va ildiz zonasida optimal muhit yaratish asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Xususan, «Shinjon» usulida 76/10 qo’shqator plyonka ostida yetishtiriligan g’o’za qatori oralari 30–35 sm chuqurlikda kamida 2 marotaba yumshatilishi tavsiya etiladi.
Ushbu tadbir natijasida:
bo‘g‘in oralari 3–4 sm ga qisqaradi;
shonalash bosqichi tezlashadi;
hosil shakllanishi 7–10 kun oldinga suriladi.
Ochiq maydonlarda esa birinchi sug‘orishgacha 3–4 marotaba kultivatsiya va kamida 2 marotaba chuqur yumshatish amalga oshirilishi tavsiya etilgan. Bunda shonalash jarayoni 6–8 kun tezlashishi qayd etilgan.

O‘sishni boshqarish — hosildorlikni saqlashning zamonaviy vositasMutaxassislar g‘o‘za me’yordan ortiq bo‘yiga o‘sgan holatlarda o‘sishni boshqaruvchi preparatlardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Retardantlar va biostimulyatorlarni kompleks qo‘llash natijasida:

rivojlanish jarayoni 7–10 kun tezlashadi;
shonalar 2–3 kun ichida paydo bo‘la boshlaydi;
kelgusida ko‘saklar sonining ortishi uchun zamin yaratiladi.
Mikroelementli oziqlantirish esa hosil elementlarining 4–5 kun ertaroq shakllanishiga xizmat qiladi. Ayrim holatlarda bu ko‘rsatkich 10–12 kungacha yetishi mumkin.

Zararkunandalarga qarshi kurash — hosil xavfsizligining muhim sharti

Joriy mavsumda eng dolzarb xavf omillaridan biri — shira, trips va o‘rgimchakkana hisoblanmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘z vaqtida kurash chorasi ko‘rilmasa:
rivojlanish 10–15 kungacha kechikadi;
ko‘saklar soni 4–5 tagacha kamayishi mumkin.
Biologik himoya chorasi sifatida:
oltinko‘z entomofagini 1–2 ming dona/gektar;
o‘rgimchakkanaga qarshi 2–2,5 ming dona/gektar qo‘llash tavsiya etiladi.

Ilmiy yondashuv — yuqori hosil kafolati

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilib, mikroelementlar, biostimulyatorlar hamda o‘sishni boshqaruvchi preparatlar tizimli qo‘llansa:
g‘o‘za rivojlanishi 15–20 kun tezlashadi;
hosildorlik 25–30 foizga oshadi;
natijada 50–60 sentner/gektargacha kafolatli hosil olish imkoniyati yaratiladi.

Прокрутить вверх