
SIFATLI URUG‘LIK — YUQORI HOSIL POYDEVORI
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Erri proo” fermer xo‘jaligida urug‘lik g‘alla aprobatsiyasiga bag‘ishlangan Respublika o‘quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari ishtirok etayotgan seminarda urug‘lik g‘alla maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish, nav tozaligini saqlash hamda sifat nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seminar davomida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov urug‘chilik tizimini rivojlantirishda aprobatsiyaning muhim o‘rni haqida so‘z yuritib, hosildorlikni oshirish avvalo sifatli va navdor urug‘likka bog‘liqligini ta’kidladi. Shuningdek, mutasaddilarga urug‘lik maydonlarida qat’iy nazoratni kuchaytirish, nav tozaligini saqlash va ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
