Jamoa manfaatlari yo‘lida: Moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi

Bugun Urugʻchilikni rivojlantirish markazida Kasaba uyushmasi qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda jamoa a’zolarining mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida xodimlarning ish faoliyatida duch kelayotgan amaliy muammolar eshitilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔺Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan jamoa o‘rtasida sog‘lom mehnat muhitini yaratish, xodimlarning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishini ta’minlashga qaratilgan bir nechta tashabbuslar ilgari surildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, jamoa manfaatini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Прокрутить вверх