Paxta hosili taqdiri — dalalardagi agrotexnik tadbirlarga bog‘liq
Ayni paytda Buxoro viloyatida ish olib borayotgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi paxta dalalarini o‘rganib, fermerlarga amaliy tavsiyalar bermoqda.
Jumladan, Jondor tumanidagi qator fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlari ko‘zdan kechirilib, bahorgi yomg‘irlardan so‘ng, aprel oxiri – may boshlarida ekilgan kechki paxta dalalarining holati o‘rganildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan kechki muddatlarda ekilgan paxtani o‘z vaqtida pishirish, o‘sish va rivojlanishini ta’minlash hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘z vaqtida ekilgan paxta maydonlari ham ko‘zdan kechirilib, mavjud holatdan kelib chiqib, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fermerlarga tavsiyalar berildi.Har bir maydonning holatidan kelib chiqib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish — mo‘l paxta hosilining muhim omilidir.
