O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo'lsin!
Hurmatli yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!
Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, milliy qadriyatlarimiz, erkin va farovon hayot sari dadil qadamlarimizning timsolidir. O‘tgan yillar davomida yurtimizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligida, xususan, urug‘chilik tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, zamonaviy va samarali tizim shakllantirilmoqda.
Bugun bizdan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va qishloq xo‘jaligining barqaror rivoji yo‘lida yanada katta mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlik talab etiladi. Ishonamanki, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi jamoasi bundan buyon ham o‘zining bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va mas’uliyatli yondashuvi bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib boradi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shuhrat OTAJONOV
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori
