Yangiliklar

Xalqaro ko‘rgazma doirasida "Joinhope" kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan xalqaro urug‘chilik ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov ko‘rgazma doirasida Xitoyning yetakchi urug‘lik tayyorlash korxonalaridan biri – «Joinhope» kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxonada ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan yuqori unumdor uskunalar, sifat nazoratini ta’minlovchi laboratoriyalar hamda innovatsion yechimlar haqida batafsil ma’lumot olindi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar urug‘lik tayyorlash sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif O‘zbekistonda urug‘chilik tizimini yanada takomillashtirish, sohaga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Прокрутить вверх