Hududlarda

Paxtachi elita urug‘chilik xo‘jaligida g‘o‘zaning ikkinchi dala ko‘rigi o‘tkazildi

Samarqand viloyatida joylashgan Urug’chilikni rivojlantirish markaziga qarashli Paxtachi elita urug‘chilik xo‘jaligida g‘o‘za urug‘lik maydonlarida ikkinchi dala ko‘rigi ishlari amalga oshirildi. Ko‘rik davomida ekinlarning nav tozaligi, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, o‘simliklarning rivojlanish holati hamda urug‘lik yetishtirish talablariga muvofiqligi mutaxassislar tomonidan atroflicha baholandi. Mazkur dala ko‘rigi yuqori sifatli urug‘lik yetishtirishni ta’minlash, navning biologik xususiyatlarini saqlash va kelgusi hosil uchun sifatli urug‘lik fondini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Прокрутить вверх