Yuqori hosil – sifatli urug‘likdan boshlanadi!
Urug‘lik donni dorilashda kimyoviy preparatlar bilan birga aspirin (asetilsalitsil kislotasi)ni me’yorida qo‘llash nihollarning sog‘lom rivojlanishi va stress omillariga chidamliligini oshirishga xizmat qiladi.
💬 Zamburug‘ kasalliklari va zararkunandalardan ishonchli himoya;
💬 Qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va harorat o‘zgarishlariga bardoshlilikni oshiradi;
💬Ildiz tizimining rivojlanishini rag‘batlantiradi;
💬 Unib chiqish energiyasi va nihollar kuchini yaxshilaydi;
💬Kelgusida yuqori va sifatli hosil olishga zamin yaratadi.
📌 Muhim! Aspirin eritmasi faqat tavsiya etilgan me’yorlarda va kimyoviy preparatlar bilan birgalikda dorilash mashinasi orqali qo‘llanilishi lozim. Dorilangan urug‘ni eritmada ivitib qo‘yish mumkin emas.
🎥 Videoda aspirin eritmasini tayyorlash va urug‘lik donni dorilash bo‘yicha asosiy tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.
