Xitoy seleksiyasiga mansub istiqbolli g‘o‘za navlari mahalliy sharoitda ko‘paytirilmoqda
Joriy yilda Xitoy seleksiyasiga mansub «MG–02» va «MG–26» g‘o‘za navlarining urug‘lik materiali mamlakatimizga olib kelinib, ularning yuqori avlodli urug‘liklarini mahalliy sharoitda tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «Farruhbek, Lazizbek fayzi» fermer xo‘jaligi dalalarida ushbu navlarning vegetatsiya jarayoni kuzatildi. O‘rganishlar davomida mazkur navlar boshqa xorijiy navlarga nisbatan ko‘saklarining yirikligi hamda ko‘saklar sonining ko‘pligi bilan ajralib turayotgani qayd etildi.
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i Ilhomjon Egamberdiyev ta’kidlashicha, «MG–02» va «MG–26» navlari yuqori hosildorlik salohiyati hamda sifatli urug‘lik tayyorlash imkoniyati bilan ahamiyatlidir. Ayni paytda ushbu navlar kelgusida respublikaning turli hududlarida sifatli urug‘lik bazasini shakllantirish maqsadida ko‘paytirilib, ularning agrotexnik xususiyatlari va mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvi muntazam nazorat qilib borilmoqda
