Yangiliklar

ISHCHI GURUH O'RGANISHLARI

Joriy yil 11-iyun kuni Paxtachilik kengashidan iborat ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida paxta maydonlarida o‘tkazilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishi, shuningdek g‘o‘zaning rivojlanish fazalarini o‘rganish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.
Ma’lumki, viloyatda 2026-yil hosili uchun 129,3 ming gektar maydonda paxta ekilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va klsaterlar tomonidan ilg‘or innovatsion agrotexnologiyalar asosida g‘o‘za parvarishlanmoqda.

Aksariyat paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, “Shinjon” texnologiyasi asosida plyonka ositga tomchilatib sug‘orish joriy qilingan qo‘sh qator usulda ekilgan paxta maydonlari o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida ilmiy asoslangan tavsiyalarni qo‘llashda o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga g‘o‘zaning rivojlanish fazalari orqada qolayotgan maydonlar ham kuzatilmoqda.
Jumladan, Mirishkor tumani Mirishkor hududidagi “Mirishkor mo‘jizasi” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 gektar maydonda g‘o‘zaning xorijiy “Xin Lu Zao 72” navi ekilgan bo‘lib, ushbu maydonda g‘o‘za qarovsiz ahvolda, argotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sabali g‘o‘zaning rivojlanishi juda qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.
Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abduraxmonov tomonidan Paxtachilik kengashining viloyat ishchi guruh a’zolarini ushbu hududga biriktirib, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida oziqlanishini to‘g‘ri tashkil etish, mineral va organik o‘g‘itlardan ilmiy asosda foydalanish, sug‘orish rejimini aniq belgilash hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Прокрутить вверх