Xonqada “Shinjon usuli” samarasi: zira unib chiqmoqda

Xorazm viloyati Xonqa tumani «Bog‘ibek Jonibek» fermer xo‘jaligining 21,3 gektar maydonida “Shinjon usuli” asosida ekilgan g‘o‘za qator oralariga hamkor ekin sifatida Hindistondan keltirilgan zira urug‘lari ekilgan bo‘lib, ayni kunlarda ular unib chiqmoqda. Ushbu tajriba yer maydonidan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbai yaratish hamda agrotexnik yondashuvlarni diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Прокрутить вверх