Fermerlar “Rishton Best Seeds”da urug‘lik tayyorlashning barcha bosqichlari bilan tanishdilar

Farg‘ona viloyatida urug‘chilik bilan shug‘illanuvchi fermerlar bilim va malakasini oshirish maqsadida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Rishton Best Seeds” urug‘lik tayyorlash korxonasida urug‘ dorilash bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan urug‘larni zamonaviy usullarda dorilash, ularning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilari amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri ham o‘tkazildi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ko‘chat ekish jarayonida fermerlar va mutaxassislar faol ishtirok etib, kelajak avlod uchun yashil va sog‘lom muhit yaratishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Прокрутить вверх