Uchrashuvda “Milliy urug‘chilik kuni”ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov O‘zbekiston–Germaniya iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqot dasturi rahbari Anton van Engelen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tomonlar hozirgi kunda urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari va tajriba almashish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda “Milliy urug‘chilik kuni” tadbirini 2026-yilning fevral–mart oylarida o‘tkazish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Mazkur kun doirasida ozuqabop ekinlar bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtiroki ta’minlanadi, shuningdek, Urug‘chilikni rivojlantirish markazining faoliyati, olib borilayotgan amaliy ishlar va yangi loyihalar bo‘yicha konsepsiya taqdimoti o‘tkazilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Germaniyada urug‘chilik va seleksiya yo‘nalishlarida amaliy malaka oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Mazkur tashabbus mutaxassislarning tajribasini boyitish, ilg‘or xalqaro yondashuvlarni o‘rganish va ularni mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх