JO’XORI URUG’CHILIGI BO’YICHA HAMKORLIK TAKLIFI MUHOKAMA QILINDI

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov Italiyaning «American Genetics» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston hududida mazkur makkajo‘xori gibridlarini sinovdan o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Shermuhammad Aminov mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklarini jalb etgan holda “American Genetics” gibridlarini ekish bo‘yicha bosqichma-bosqich muzokaralar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida, kompaniya tomonidan sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan gibridlarni O‘zbekiston bozoriga tezkor kirib kelishini ta’minlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlash jarayonlarini jadallashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar makka urug‘chiligi sohasida hamkorlikni kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va fermer xo‘jaliklarida yuqori hosildor gibridlarni targ‘ib etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Прокрутить вверх