Bugun Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov Tojikiston qishloq xo’jaligi vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, urugʻchilik yoʻnalishida tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv Markazning xalqaro aloqalarni mustahkamlash borasidagi izchil sa’y-harakatlarining yana bir muhim qadami boʻldi.

🟢Ma’lumki, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida qator kelishuvlarga erishilgan edi. Mazkur uchrashuv ushbu muloqotning amaliy natijasi sifatida Tojikiston vakillari tomonidan g‘alla va paxta urugʻliklarini import qilish bo‘yicha taklif va istiqbollarni batafsil koʻrib chiqish imkonini berdi. Тomonlar kelgusida samarali hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.
