Urug’chilikni rivojlantirish markazi xodimlari Shinjonda

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning tizimidagi hududiy boshqarmalar vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Avtonom Respublikasida Korla shahrida o‘tkazilayotgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar urug‘chilik sohasida ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Markaz vakillari “Jinghua Seeds” urug‘chilik kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonada yaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi, urug‘larga ishlov berish bosqichlari hamda sifat nazorati tizimi bilan tanishdilar. Ushbu korxonada ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy uyg‘unligi, yuqori samarali texnologiyalar qo‘llanilayotgani e’tirof etildi.

“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” va “Jinghua Seeds” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida ikki tomonlama tajriba almashinuvi, kadrlar salohiyatini oshirish hamda innovatsion urug‘chilik texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish yo‘nalishidagi ishlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх