Urugʻchilik sohasida yana bir muhim memorandum imzolandi

Forum doirasida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon qishloq xoʻjaligi akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yuqori hosildor navlar ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni nazarda tutadi.

✅Hamkorlik doirasida urugʻchilik tizimini takomillashtirish, biologik xavfsizlik, seleksiya va duragaylash kabi ustuvor yoʻnalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa mamlakatimizda zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.

Прокрутить вверх