Qashqadaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba maydonida 2025-yilgi urug‘lik g‘alla hosilini aprobatsiyadan o‘tkazish ishlari haqida «Qashqadaryo» viloyat teleradiokanali orqali lavha efirga uzatildi.
Ushbu jarayon Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilib, g‘alla namunalarining sifati, navga xoslik darajasi, kasalliklarga chidamliligi va hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Mavzuga oid ma’lumotlar bilan markaz direktori Bunyod Mamarahimov «Qashqadaryo» viloyat teleradiokanaliga intervyu berdi.
